O'rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi — Termiz filiali
Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevt xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Termiz filiali 1989-yil 24-iyulda Oʻzbekiston SSR Sogʻliqni Saqlash vazirligining № 627-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligining 2004-yil 20-oktyabrdagi № 463-sonli buyrugʻiga asosan Respublika oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Termiz mintaqaviy filial (bundan buyon filial)iga aylantirilgan.
Mintaqaviy filialning marketing-monitoring, devonxona va kadrlar boʻlimi oʻquv yili davomida Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi "Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi № 319-son Qarori, 2015-yil 24-avgustdagi "Oʻrta tibbiyot va dorishunos xodimlarining malakasini oshirish va ixtisoslashtirishdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi № 336-sonli buyruqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim sohasiga oid Farmonlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Sogʻliqni Saqlash vazirligining meʼyoriy hujjatlari, uslubiy koʻrsatmalarini boʻlimlarda ijro etilishini hamda oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha ish olib boradi.
Filial oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejalari oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlardan iborat boʻlib, ularning aniq bajarilish muddati oyma-oy va yil davomida bajarilishi belgilab berilgan va filial direktor tomonidan tasdiqlangan. Filialni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli rejasi 5 yilga tuzilgan.
Hozirgi kunga kelib filialimizda bir qancha oʻzgarishlar boʻldi va ish jarayonimizdagi tizimlar raqamlashtirildi, masalan: Xodimlar bilan ishlash boʻlimi, marketing va monitoring boʻlimi tashkilotlar bilan onlayn tarzda xatlar almashish tizimi yoʻlga qoʻyildi va imtihonlar ham onlayn tartibda oʻtkazilmoqda.